Ko‘zi ojizlar uchun qulay ko‘rinish
Shrift
uz ru kk
SDVUNF Nukus filiali logotipi SDVUNF · Nukus filiali Axborot resurs markazi (ARM)

Foydalanish qoidasi

Kutubxonaga a’zo bo’lish tartibi

Kerakli hujjatlar:

  1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat(pasport)ning 1 ta nusxasi

  2. 1 ta 3x4 hajmdagi fotosurat hamda uning elektron shakli

  3. Talabalar uchun talabalik guvohnomasi (asl nusxasi)

 

Foydalanuvchilar ARMga a’zo bo‘lish uchun kerakli hujjatlarni taqdim etadilar va ARM xodimiga “Kitobxonlik guvohnomasi”ni va ro‘yxatdan o‘tkazish varaqasini rasmiylashtirish uchun ma’lumot beradilar. 

Bu guvohnoma kitobxonga ARM xizmatlaridan foydalanish uchun yagona va asosiy hujjat bo’lib xizmat qiladi.

Har bir kitobxon Axborot-resurs markaziga a’zo bo’lish davrida Axborot resurs markazi tartib-qoidalar bilan tanishib chiqib, foydalanuvchilar majburiyatini o’z zimmasiga olganligini tasdiqlab kitobxon formulyariga shaxsiy imzosini qo’yishi zarur.

Boshqa shaharlik fuqarolar vaqtinchalik “Kitobxonlik guvohnomasi”ni, pasportini yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni ko‘rsatgan holda oladilar.

Boshqa mamlakat fuqarolari “Kitobxonlik guvohnomasi”ni o‘z mamlakati pasporti yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat  asosida oladilar.

Kitobxonlar “Kitobxonlik guvohnomasi”ni boshqa shaxslarga berish va o‘zgalarni “Kitobxonlik guvohnomasi”dan foydalanish huquqlariga ega emaslar. Ushbu qoida buzilgan taqdirda kitobxonlar ARM ma’muriyati tomonidan belgilangan tartibda jazolanadilar.

 

Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari quyidagi huquqlarga ega:

  • Axborot-resurs markazi fondidan kerakli hujjat, manbalardan vaqtinchalik foydalanish; 

  • Axborot-resurs markazi tomonidan ko‘rsatiladigan ma'lumot axborot, bibliografik va boshqa xizmat turlaridan foydalanish; 

  • Axborot-resurs markazida o'tkaziladigan tadbir, aksiya, loyihalarda qatnashish.